» » Moskvada koronavirus aniqlangan bemorning ahvoli barqaror ekanligi ma’lum qilindi

Moskvada koronavirus aniqlangan bemorning ahvoli barqaror ekanligi ma’lum qilindi


Rossiya poytaxti Moskva shahriga Italiyadan qaytib kelganidan keyin koronavirus aniqlangan bemorning holati qoniqarli. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri rahbari Mixail Murashko ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

“Bu bemor o‘zini qoniqarli his qilmoqda. Vaziyat juda yaxshi”, — deb ta’kidlagan Mixail Murashko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslar tibbiy nazoratda turibdi va ularda koronavirus aniqlanmagan.

Fevral oyi oxirida Italiyadan qaytgan erkakda koronavirus topilganligi 2-mart kuni ma’lum bo‘ldi. U shifokorlarga murojaat qilgan, shundan so‘ng u kasalxonaga davolanish uchun joylashtirilgan. Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus aniqlangandan so‘ng, 85 kishi karantinga olingani, 24 kishi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli Moskvada ommaviy ravishda odamlarning tana harorati tekshirilmoqda

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 2036 nafarga yetdi, 50 dan ortiq odam kasallikning qurboniga aylandi. Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 2300 kishidan oshdi. Rossiya TIV rossiyaliklarga Italiyaga safarlarini vaqtincha bekor qilishni tavsiya qildi. Keyinchalik “Rosturizm” sayyohlik agentliklarini Italiyaga turlar sotishini to‘xtatishga chaqirgan.

Mavzuga doir: Tarmoqlarda Moskvada 20 ming odam koronavirus bilan kasallangani haqida feyk xabarlar tarqaldi

Koronavirus tarqalishi sababli Italiya hukumati teatrlar, muzeylar, galereyalar va kutubxonalarni vaqtincha yopib qo‘ydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi. Ukrainada birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Latviya va Marokashda ham koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi. Ozarbayjonda koronavirus sababli barcha OTM va maktablar vaqtincha yopildi. Tojikistonga 35 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi.

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni esa 90 370 kishiga yetgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335) ketmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, dunyoning 64 davlatida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 3-martning asosiy xabarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют