» » “Barselona”—“Napoli” va Yevrokuboklarning yana bir nechta o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin

“Barselona”—“Napoli” va Yevrokuboklarning yana bir nechta o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin


Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar koronavirus sabab tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin.

Marca nashrining xabar qilishicha, Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida shunday tavsiya bergan.

Xususan, Chempionlar Ligasi doirasidagi “Barselona”—“Napoli” (dastlabki o‘yin — 1:1) va “Valensiya”—“Atalanta” (1:4) uchrashuvlarini bo‘sh stadionda o‘tkazish tavsiya qilingan. Ma’lumot uchun, “Valensiya” ishtirokidagi o‘yin 11-mart kuni bo‘lib o‘tsa, “Barselona” 18-mart sanasida bahs olib boradi.

Bundan tashqari, Yevropa Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Xetafe”—“Inter” hamda “Sevilya”—“Roma” uchrashuvlari ham tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin.

Shuningdek, La Liga doirasidagi “Valensiya” va “Alaves” klublari o‘rtasidagi bahs ham bo‘sh arenada bo‘lib o‘tishi mumkin.

Mazuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют