» » “Vedomosti”: Usmonov Rossiya soliq rezidenti bo‘lib qolmoqda

“Vedomosti”: Usmonov Rossiya soliq rezidenti bo‘lib qolmoqda


Tadbirkor Alisher Usmonov Rossiya rezidenti bo‘lib qoldi hamda jismoniy shaxs va aktivlar egadoshi sifatida soliqlar to‘lamoqda. USM Holdings’ning u Rossiyadan tashqarida 183 kundan ortiq vaqt o‘tkazgani haqidagi xabari noto‘g‘ri talqin qilingan. Bu haqda biznesmenning o‘zi “Vedomosti” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

“Shunga qaramasdan ham men Rossiya soliq rezidentiman, barcha shaxsiy soliqlarni men shu yerda to‘layman. Ustiga-ustak, ushbu soliqlar to‘langan daromadlarning yarmidan ko‘pini men Rossiya Federatsiyasidan tashqarida ishlab topganman: bu asosan Rossiya tashqarisidagi qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalardan olingan daromadlar”, — deya aniqlik kiritdi Usmonov.

Biznesmen aytishicha, 2016-yil uchun undan  jismoniy shaxs sifatida soliq ushlanmalari hajmi soliqlarni hisobga olganda 400 million dollardan oshgan.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют