» » JSST koronavirus va grippdan o‘lim darajasini taqqosladi

JSST koronavirus va grippdan o‘lim darajasini taqqosladi


Yangi turdagi COVID-19 koronavirusidan o‘lim darajasi mavsumiy gripp o‘lim darajasiga nisbatan 2,4 foizga yuqoriladi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

“Butun dunyoda koronavirus qayd etilgan holatlarning 3,4 foizi o‘lim bilan yakunlangan. Taqqoslash uchun, mavsumiy gripp odatda kasallanganlarning 1 foizidan kamrog‘ining o‘limiga sabab bo‘ladi”, — deya qayd etdi Gebreyesus.

JSST bosh direktori koronavirus infeksiyasi va grippning boshqa farqlarini ham aytib o‘tgan. Masalan, kasallik alomatlarisiz gripp tashuvchisi bo‘lgan inson atrofdagilarga unchalik xavf tug‘dirmasa, koronavirusda esa bu holat xavfli hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari koronavirus qayd etilgan davlatlar soni 64 taga yetdi. Umumiy hisobda dunyoda 90 370 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 80 174 nafari Xitoyda. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) bormoqda.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.  Shuningdek, Respublika dunyoda koronavirus tarqalgani tufayli taxminan bir milliard dollar yo‘qotishi mumkinligi aytildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют