» » Xitoyda koronavirusdan tuzalganlar soni 50 mingga yaqinlashib qoldi

Xitoyda koronavirusdan tuzalganlar soni 50 mingga yaqinlashib qoldi


Xitoyda yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlarning qariyb 50 ming nafari davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka davomida mamlakatda virus oqibatida vafot etish bo‘yicha 38 holat qayd etilgan bo‘lib, 119 kishi kasallikka chalingan. Shu bilan birga 2652 nafar bemorga shifoxonadan javob berilgan.

Hozirgi vaqtga kelib Xitoy hududida koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 270 kishiga yetgan. Vafot etganlar soni 2981 kishini tashkil etmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 870 kishiga yetgan bo‘lib, 3110 kishi virus oqibatida vafot etgan. Janubiy Koreyada 5328 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, vafot etganlar soni 32 kishini tashkil etmoqda. Italiyada ushbu ko‘rsatkich tegishli ravishda 2502 va 79 nafarga teng. Eronda esa 336 kishida virus aniqlangan bo‘lib, 77 kishi vafot etgan. Diamond Princess sayohat kemasini qo‘shib hisoblaganda Yaponiyada 1000 kishida koronavirus aniqlangan, vafot etganlar soni 12 kishiga yetgan.

Mavzuga doir: JSST koronavirusga qarshi kurashishda har oy qancha tibbiy niqob kerakligini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilindi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston dunyoda koronavirus tarqalgani tufayli taxminan bir milliard dollar yo‘qotishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют