» » Amerikaning Tennessi shtatiga yopirilgan tornado oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Amerikaning Tennessi shtatiga yopirilgan tornado oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi


Amerikaning Tennessi shtatiga yopirilgan tornado oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, NBC telekanali xabar berdi.

3-mart kuni yopirilgan tabiiy ofat shtatning markaziy qismi bo‘ylab hakatlanib, Neshvill shahriga ulkan talafot yetkazgan. To‘rtta okrugda o‘lim holati qayd etilgan: Devidson, Uilson, Benton va Patnam.

Shtat gubernatori Bill Li favqulodda holat e’lon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tennessiga yopirilgan tornado ko‘plab insonlarga zarar yetkazgan va bedarak yo‘qolganlar bor.

Tabiiy ofat energiya tizimida ham uzilishlarga olib kelgan — 50 mingdan ortiq xonadon va korxonalar elektr energiyasiz qolgan, 45 ta bino buzilgan va bir necha o‘nlab uylarga zarar yetgan.

Mavzuga doir:

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tornado AQSh tarixidagi eng falokatli hisoblanmoqda. Bundan oldingi rekord Alabamaga bir yil oldin xuddi shu kuni yopirilgan tornadoga tegishli. O‘shanda tabiiy ofat 23 kishining umriga zomin bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют