» » “Shunday yaxshi kadrni yo‘qotayotganimiz achinarli”. Mirishkorning so‘kong‘ich hokimi ishdan olindi

“Shunday yaxshi kadrni yo‘qotayotganimiz achinarli”. Mirishkorning so‘kong‘ich hokimi ishdan olindi


Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari Mirishkor tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev.

Qayd etilishicha, Baxtiyor Rajabovning o‘zi ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan. Sessiyada Prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Sessiyada nutq so‘zlagan viloyat hokimi Zoir Mirzayev Baxtiyor Rajabovni xalq bilan hisoblashmaslikda ayblagan.

“Baxtiyor Rajabov adashdi. Ammo shunday yaxshi kadrni yo‘qotayotganimiz achinarli. Men hokimlarni ogohlantirgandim, ammo natija yo‘q. Hokimiyat binosi haqorat so‘zlarni ishlatish yoki kimnidir so‘kish uchun qurib berilmagan”, — dedi Zoir Mirzayev.

Bunga qadar Qarshi tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan G‘ayrat Begaliyev Mirishkor tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegishli audioyozuv tarqaldi. Audioyozuvdan ma’lum bo‘lishicha, voqea tuman hokimi va mahalla raislari ishtirokidagi yig‘ilishda bo‘lib o‘tgan.

Audioyozuvda hokim yig‘ilish ishtirokchilarini soliq tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun turli so‘zlar bilan haqoratlagani va so‘kkani, shuningdek, ba’zilarni urgani eshitiladi.

Audioyozuv bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligi munosabat bildirib, ovoz haqiqatdan ham Mirishkor tuman hokimiga tegishli ekanligini tan oldi.

Keyinroq Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev bilan bo‘lgan muloqotda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovoz unga tegishli ekanligini tan olib, mazkur qilmishini mahalla raisining bepisand muomalasi bilan izohladi.

“Yig‘ilishda so‘kinganim rost, ammo hech kimga qo‘l ko‘tarmadim”, — degandi hokim.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali mazkur voqeaga munosabat bildirib, “Kim bo‘lishidan qat’i nazar tuban inson ekanligini namoyon etibdi” dedi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev esa Mirishkorning zo‘ravon hokimi viloyat nomiga dog‘ tushirganini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют