» » Fotoreportaj: AQShning Tennessi shtatida ro‘y bergan tornado oqibatlari

Fotoreportaj: AQShning Tennessi shtatida ro‘y bergan tornado oqibatlari


AQShning Tennessi shtatiga yopirilgan tornado oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bir necha odam bedarak yo‘qoldi, uylar, binolar vayronaga aylandi.

3-mart kuni tunda yopirilgan tabiiy ofat shtatning markaziy qismi bo‘ylab hakatlanib, Neshvill shahriga ulkan talafot yetkazgan. Bu vaqtda aksariyat odamlar uyquda bo‘lgan.

Neshvilda 48 ta inshoot qulab tushgan, 150 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp halok bo‘lganlarning oilasiga hamdardlik bildirdi va 6-mart kuni tabiiy ofat yuz bergan hududga borishini ma’lum qildi.

Neshvill markazidan 13 km uzoqlikda joylashgan Jon K. Tyun aeroporti sezilarli darajada zarar ko‘rdi.

AQShning janubi-sharqida tez-tez vayronkor quyunlar sodir bo‘lib turadi. Bir yil avval Tennessidan janubroqda joylashgan Alabama shtatida bir necha kuchli tornado tufayli 23 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Amerikaning Tennessi shtatiga yopirilgan tornado oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют