» » Andijonning Bo‘ston tumaniga Sadbarxon Mamitova hokim bo‘ldi. U Jalaquduqqa 12 yil hokimlik qilgan ayolning shogirdi hisoblanadi

Andijonning Bo‘ston tumaniga Sadbarxon Mamitova hokim bo‘ldi. U Jalaquduqqa 12 yil hokimlik qilgan ayolning shogirdi hisoblanadi


Andijon viloyatining Bo‘ston (sobiq Bo‘z) tumaniga Sadbarxon Ne’matjonovna Mamitova hokim etib tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

4-mart kuni Andijon viloyati Bo‘ston tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida 2018-yil avgustidan beri tumanga rahbarlik qilib kelgan Inomjon Mamadaliyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan, uning o‘rniga Sadbarxon Mamitova tuman hokimi etib tayinlangani ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, Sadbarxon Mamitova 1966-yilda Andijonning Jalaquduq tumanida tug‘ilgan, 1982—1986-yillarda Namangan qishloq xo‘jaligi texnikumida o‘qigan, 1993-yil Toshkent davlat agrar universitetini (sirtqi) tamomlagan. U turli yillarda Jalaquduq tumanida turli lavozimlarda mehnat qilgan

Xususan, 2007—2008-yillarda tuman hokimi o‘rinbosari — tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lgan, 2011—2017-yillarda Jalaquduq tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori lavozimlarida ishlagan. 2019-yildan “Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bo‘limi rahbari edi.

“Daryo” muxbirining qayd etishicha, Bo‘ston tumaniga hokim etib tayinlangan Sadbarxon Mamitova 1993—2005-yillarda Jalaquduq tumaniga rahbarlik qilgan Manzura Egamovaning shogirdi hisoblanadi. Sadbarxon Mamitova o‘qishni bitirib kelganidan so‘ng, bevosita Manzura Egamovaning qo‘l ostida ishlab, rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilgan.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga Dilfuza O‘rolova, Buxoro viloyatining Olot tumaniga esa Nargiza Ne’matova hokim etib tayinlangan edi. Bu ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston hududlariga ayollarni rahbar etib tayinlash bilan bog‘liq dastlabki holatlar bo‘ldi.

Mavzuga doir:

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga ham ayol-hokim tayinlanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют