» » Koronavirus xavfi sabab O‘zbekistondagi o‘qituvchi va talabalarning xorijga chiqishi chegaralandi

Koronavirus xavfi sabab O‘zbekistondagi o‘qituvchi va talabalarning xorijga chiqishi chegaralandi


Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistondagi OTMlar va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida profilaktik chora va nazoratni kuchaytirish, tegishli sanitariya tadbirlarini amalga oshirish orqali murabbiy va talaba-o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma qaror qabul qildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra o‘qituvchi va talabalarni o‘qish, malaka oshirish va tajriba almashuvi bo‘yicha alohida ko‘rsatma bo‘lmaguncha xorijga, ayniqsa, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan davlatlarga chiqishlarini chegaralash, barcha xalqaro tadbirlar, olimpiadalar va shu kabi boshqa tadbirlarni ham o‘tkazmaslik va ularda qatnashish uchun chet mamlakatlarga bormaslik hamda O‘zbekistonga kelayotgan chet ellik talaba va o‘qituvchilarning vaqtinchalik kirishini chegaralash qat’iy choralarini ko‘rish vazifalari belgilandi.

Shuningdek, mazkur hujjat bilan ta’lim muassasalarida talabalarning har kunlik tana haroratini o‘lchash, kunlik kuzatuvlarni olib borish, o‘tkir respirator infeksiya kasalligi belgilari aniqlanganlarni tibbiy punktga olib borish, talaba va o‘quvchilarning shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlarini muntazam nazorat qilish, auditoriyalar, talabalar turar joylari va boshqa xonalarda kunlik dezinfeksiya tadbirlarini muntazam o‘tkazish, tanaffus vaqtlarida barcha xonalarni shamollatish kabi profilaktik tadbirlarni qat’iy amalga oshirish ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bilan birga, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish uchun sharoit yaratish, talaba va o‘quvchilarga qo‘llarini kuniga bir necha marotaba sovunlab yuvishni tavsiya qilish, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasining oldini olish bo‘yicha tayyorlangan tarqatma materiallarni barcha talabalarga yetkazish kabi vazifalar ham aks etgan. Bundan tashqari, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va dezinfeksiya tadbirlarini bajarilishi bo‘yicha har bir ta’lim muassasaning rahbari shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Avvalroq O‘zbekistondagi barcha barcha ta’lim muassasalarida koronavirusga qarshi choralar kuchaytirilishi xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют