» » Bo‘stonning sobiq hokimi Asakaga hokim bo‘ldi. Asakaning sobiq rahbari Ulug‘norga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda

Bo‘stonning sobiq hokimi Asakaga hokim bo‘ldi. Asakaning sobiq rahbari Ulug‘norga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda


Andijon viloyatining Asaka tumaniga shu kunga qadar Bo‘ston tumanini boshqarib kelgan Inomjon Mamadaliyev yangi hokim etib tayinlandi. Bu masala xalq deputatlari Asaka tuman kengashining 4-mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Yig‘ilishda 2017-yilning iyulidan buyon Asaka tumaniga rahbarlik qilib kelayotgan Erkinjon Yoqubov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingani e’lon qilingan. Tumanning yangi rahbari sifatida shu vaqtgacha Bo‘ston (sobiq Bo‘z) tumaniga hokimlik qilgan Inomjon Mamadaliyev tanishtirilgan.

Inomjon Mamadaliyev 1975-yilning 24-yanvar kuni Asaka tumanida tug‘ilgan, 1997-yilda Andijon davlat universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. Turli yillarda Asaka shahar IIB katta inspektori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat IIBda boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2014—2018-yillar davomida Asaka tumani hokimining birinchi o‘rinbosari — Asaka shahar hokimi sifatida mehnat faoliyatini olib borgan. U 2018-yilning avgustidan shu kunga qadar hozirgi Bo‘ston (sobiq Bo‘z) tumaniga hokimlik qildi. Avvalroq Bo‘ston tumaniga Sadbarxon Mamitova hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Asaka tumanining sobiq rahbari Erkinjon Yoqubov viloyatning Ulug‘nor tumaniga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Andijonning Bo‘ston tumaniga Sadbarxon Mamitova hokim bo‘ldi. U Jalaquduqqa 12 yil hokimlik qilgan ayolning shogirdi hisoblanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют