» » Maqsuda Mustafoyeva Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi

Maqsuda Mustafoyeva Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi


Qashqadaryo viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Maqsuda Mustafoyeva viloyatning Qarshi tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda 4-mart kuni bo‘lib o‘tgan tuman faollari yig‘ilishida e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Avvalroq shu vaqtgacha Qarshi tumaniga hokimlik qilib kelgan G‘ayrat Begaliyev Qashqadaryoning Mirishkor tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi (Mirishkorning avvalgi — so‘kong‘ich hokimi ishdan olingan).

Maqsuda Mustafoyeva so‘nggi ikki hafta ichida O‘zbekistondagi tumanlarga rahbar etib tayinlangan to‘rtinchi ayol bo‘ldi. Avvalroq Sirdaryoning Boyovut tumaniga viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Dilfuza O‘rolova, Buxoroning Olot tumaniga tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nargiza Ne’matova, Andijonning Bo‘ston tumaniga esa uzoq yillar Jalaquduq tumaniga hokimlik qilgan Manzura Egamovaning shogirdi Sadbarxon Mamitova hokim etib tayinlangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют