» » Rossiya tibbiyot niqoblarini mamlakatdan olib chiqib ketilishiga taqiq qo‘ydi

Rossiya tibbiyot niqoblarini mamlakatdan olib chiqib ketilishiga taqiq qo‘ydi


Rossiya hukumati mamlakatdan tibbiyot mahsulotlarini, xususan, niqoblar, kimyoviy himoya kiyimlari va respiratorlarni olib chiqib ketilishiga vaqtincha taqiq qo‘ydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi saytida xabar berildi.

Mazkur taqiq 2020-yilning 1-iyuniga qadar amalda bo‘ladi. Joriy etilgan cheklov choralari boshqa mamlakatlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatilishiga taalluqli emas. Shuningdek, shaxsiy maqsadlar uchun bir martalik tovarlarning eksportiga ruxsat berilgan.

Ushbu cheklov koronavirus tarqalishi sharoitida taqchillikning oldini olib, Rossiya fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Olib chiqib ketilishi taqiqlangan mahsulotlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Mavzuga doir: JSST koronavirus va grippdan o‘lim darajasini taqqosladi

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi kurashish uchun har oy 89 million tibbiy niqob zarurligini ma’lum qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 870 kishiga yetgan bo‘lib, 3110 kishi virus oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют