» » Nukus, Urganch va Xiva atrofida “yashil belbog‘” — himoya daraxtzorlari barpo etilishi mumkin

Nukus, Urganch va Xiva atrofida “yashil belbog‘” — himoya daraxtzorlari barpo etilishi mumkin


Vazirlar Mahkamasi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch, Xiva shaharlari atrofida himoya daraxtzorlari – ‘yashil belbog‘’ barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligining Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida “yashil belbog‘” — himoya daraxtzorlari barpo etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:

Quyidagilar “yashil belbog‘” barpo etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida “yashil belbog‘” barpo etish bo‘yicha istisno tariqasida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “yashil belbog‘” barpo etilgan hududlardagi daraxtzorlarni shikastlantirish, payhon qilishdan saqlash, parvarishlash hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini samarali etadi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi “yashil belbog‘” barpo etib, dalolatnoma asosida yer egalariga topshiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTning 2019-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida, “yashil belbog‘” dasturini qabul qilish taklifini bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют