» » Blumberg bo‘yi pastligi uchun ustidan kulgan Trampga javob qaytardi

Blumberg bo‘yi pastligi uchun ustidan kulgan Trampga javob qaytardi


AQSh prezidentligiga nomzodini ilgari surayotgan Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg bo‘yi pastligi uchun ustidan kulib, uni “mini Maykl” deb atagan Donald Trampga javob qaytardi, deb xabar beradi “RBK”.

O‘zining tarafdorlari qarshisida chiqish qilgan Blumberg, tug‘ilib o‘sgan joyida odamlar bo‘yni va undan yuqori qismi bilan o‘lchanishini ma’lum qilgan.

Bunga javoban Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali Blumberg kunning asosiy omadsiziga aylanganini yozib qoldirgan.

“Uning ‘siyosiy’ maslahatchilari Blumbergning o‘ziga ovoz bermadi. Buning oqibatida 700 million dollar havoga uchdi va unga faqatgina ‘mini Maykl’ laqabi hamda butunlay yakson bo‘lgan shuhrat qoldi”, — deydi AQSh prezidenti.

Donald Tramp Blumbergni tez-tez “mini Maykl” deb atab turadi. Nyu-York sobiq meri bo‘yining balandligi 173 santimetr. Trampning bo‘yi esa 190 santimetr.

Mavzuga doir: Blumberg badavlat amerikaliklardan 5 trln dollar soliq yig‘ishni taklif qildi

Avvalroq Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodini ilgari surayotgan milliarder Maykl Blumberg agar prezident etib saylansa, 40 yil oldin asos solgan Bloomberg LP kompaniyasini sotib yuborishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Tramp AQSh prezidentligi saylovida yutqazishi uchun milliard dollar sarflashga tayyorligini ham bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют