» » Shahzoda Muhammedova kameralar ishga tushganidan so‘ng har kuni jarima to‘layotganini ma’lum qildi

Shahzoda Muhammedova kameralar ishga tushganidan so‘ng har kuni jarima to‘layotganini ma’lum qildi


Aktrisa, xonanda va dizayner Shahzoda Muhammedova Toshkent shahridagi chorrahalarda kameralar ishga tushganidan keyin har kuni 300 ming so‘m jarima to‘layotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

“Iltimos, YHXB xodimlari, uyimga hadeb xat jo‘natavermanglar endi! Deyarli har kuni 300 ming so‘m jarima to‘layapman. Ha, aytgancha biz vaqtinchalik bu uyimizdan ko‘chib ketyapmiz boshqa uyga. Ko‘chadagi svetoforga o‘rnatilgan kameralarni kuzatayotgan akalar, iltimos yaxshilab qaranglar endi. Men to‘xtash chizig‘ini bosganimdan keyin aybimni bilib orqaga qaytib keyin to‘g‘ri turib olayotganimni ham hisobga olinglar” — deb yozadi Shahzoda Instagram’dagi sahifasida.

Aktrisa o‘z postida shuningdek, kameralar tomonidan qayd etilayotgan qoidabuzarliklarga belgilangan jarimalar ham qimmatligini yozib qoldirdi.

“Sharoiti og‘ir insonlar ham bor-ku. Ular nima qilayotgan ekan. Adolatli jarima belgilansin aholiga”, — deydi aktrisa.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют