» » O‘zbekistondagi barcha bog‘chalarda koronavirusga qarshi nazorat tardbirlari kuchaytiriladi

O‘zbekistondagi barcha bog‘chalarda koronavirusga qarshi nazorat tardbirlari kuchaytiriladi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan qo‘shma qaror qabul qilib, O‘zbekistondagi barcha bog‘chalarda koronavirus infeksiyasining profilaktikasi va nazorati bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish, tegishli sanitariya choralarini amalga oshirish orqali bolalar salomatligini muhofaza qilishni belgiladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu hujjatga asosan, endilikda bog‘chalarda mas’ul xodimlar ishtirokida ertalabki filtrni tashkil etish, o‘tkir respirator kasallik belgilari aniqlanganda tarbiyalanuvchilarni alohidalash hamda zudlik bilan ota-onasiga va hududiy poliklinikaga xabar berish, bolalarning qo‘llarini tez-tez sovun bilan yuvishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilinishi bo‘yicha doimiy ogohlantirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek, bog‘chalarda xonalarni shamollatish, doimiy ravishda dezinfeksiya vositalari yordamida kundalik tozalov ishlarini olish borish, tozalik hamda dezinfeksiya tadbirlarini kuchaytirish, muassasadagi tibbiyot xonalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar, zararsizlantiruvchi vositalar hamda dori-darmonlar bilan ta’minlash kabi profilaktik tadbirlarni qat’iy amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu bilan birga, dunyodagi epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar xalqaro va ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslik, chet el fuqarolari va xorijda bo‘lgan fuqarolarni maktabgacha ta’lim muassasasiga vaqtincha ishga qabul qilmaslik va ularning farzandlarini esa karantin davri tugamaguncha bog‘chaga olmaslik kabi qat’iy choralarni ko‘rish ham mazkur hujjatda aks etgan.

Sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va dezinfeksiya tadbirlarining bajarilishi bo‘yicha har bir maktabgacha ta’lim muassasasining rahbari shaxsan javobgar ekanligi ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus bilan bog‘liq epidemiya kun sayin o‘sib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo miqyosida koronavirus bilan xastalanganlar soni 93 ming nafardan oshgan. Ularning 80 400 nafardan ziyodi Xitoyda bo‘lsa, qolgan 12 700 nafardan ortig‘i dunyoning 77 ta mamlakatida qayd etilgan. Ayni paytgacha kasallanganlarning 51 ming nafarga yaqini sog‘ayib ketgani ma’lum qilinmoqda.

Bundan avval O‘zbekistondagi barcha barcha ta’lim muassasalarida koronavirusga qarshi choralar kuchaytirilishi, koronavirus xavfi sabab O‘zbekistondagi o‘qituvchi va talabalarning xorijga chiqishi chegaralangani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют