» » Tramp “Tolibon” yetakchisini ichki afg‘on muzokaralarida ishtirok etishga chaqirdi

Tramp “Tolibon” yetakchisini ichki afg‘on muzokaralarida ishtirok etishga chaqirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp “Tolibon” harakati yetakchisi mulla Abdulla G‘ani Barodarni ichki afg‘on muzokaralarida ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda Oq uyga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Prezident Tramp 29-fevral kuni AQSh va ‘Tolibon’ harakati o‘rtasida imzolangan tarixiy bitim sabab yuzaga kelgan imkoniyat doirasida zo‘ravonlikni kamaytirishni davom etish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, u 40 yildan oshiqroq vaqtdan beri davom etayotgan urushni to‘xtatish uchun ‘Tolibon’ni Afg‘oniston vakillari va boshqa afg‘onlar bilan o‘tkaziladigan ichki muzokaralarda ishtirok etishga chaqirdi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Donald Tramp tinchlik uchun harakat qilayotgan afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashni davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 29-fevral, shanba kuni, Qatar poytaxti Dohada AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar kelishuv bitimini imzolagan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan. “Tolibon” O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют