» » Tailand koronavirus tufayli davlat xizmatchilariga xizmat safarlarini chekladi

Tailand koronavirus tufayli davlat xizmatchilariga xizmat safarlarini chekladi


Tailand davlat xizmatchilari uchun xizmat yuzasidan chet elga chiqishini chekladi va koronavirus infeksiyasi xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan qaytib kelganidan keyin ular uchun 14 kunlik majburiy karantin joriy etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hukumat qarorida barcha davlat organlari va idoralariga Tailand Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan koronavirus infeksiyasi xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan davlatlarga sayohat qilishni to‘xtatish va dunyoning barcha mamlakatlariga xizmat safarlarini imkon qadar kamaytirish buyurilgan. Shoshilinch zarur bo‘lgan xizmat safarlari bundan mustasno.

Tailand Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga Xitoy va undagi Gonkong, Makao, Tayvan shaharlari hamda Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron, Italiya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarni kiritgan.

Qonunda davlat ishida ishlamaydiganlar uchun 14 kunlik karantin ko‘zda tutilmagan. Lekin ularning o‘zlari uyda oila a’zolaridan uzoqroq, iloji bo‘lsa, alohida xonada, idish-tovoqlarni ham alohida qilib karantin saqlashga chaqirilgan.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli Tailandga keladigan sayyohlar soni 6 mln kishiga kamayishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют