» » Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi tuhmat va haqorat uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi tuhmat va haqorat uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi


O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi qarori asosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy jazo turini tayinlashni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgan. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi mazkur qilmishlar uchun javobgarlikni yengillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etish chiqarib tashlanishi mumkin

Qayd etilishicha, fuqarolik jamiyatining vakili sifatida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tuhmat yoki haqoratning har qanday shakli uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning bekor qilinayotganini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Mavzuga doir: Komil Allamjonov: Jurnalist va blogerlar gapirgan gapi uchun qamalmasligi kerak

Fond tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhdagi jurnalist va blogerlarning fikrlarini inobatga olib, tuhmat yoki haqoratga oid jinoiy javobgarlikni belgilash masalasi yuzasidan bir qator takliflari ishlab chiqilgan.

Birinchi taklifga ko‘ra, eng avvalo, ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat yoki haqorat qilganlik uchun Jinoyat kodeksida belgilangan alohida og‘irlashtiruvchi qismni chiqarib tashlash lozim. Hozirgi holatda OAV orqali qilingan tuhmat yoki haqorat to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Mazkur og‘irlashtiruvchi qismni chiqarib tashlab, jurnalistlar uchun dastlab jinoiy emas, balki ma’muriy javobgarlikni belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Shuningdek, amaldagi Jinoyat kodeksida tuhmat yoki haqorat uchun belgilangan jarima jazosi miqdorlari juda katta. Jumladan, umumiy holatda 44 million so‘mgacha, og‘irlashtiruvchi holatda esa 133 million so‘mgacha jarima belgilangan. Shu sababli mazkur jarima miqdorlarini keskin kamaytirish maqsadga muvofiq.

Uchinchi taklifga ko‘ra, amaldagi qonunchilikda haqorat qilish jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, bu og‘irlashtiruvchi band sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Lekin aksincha o‘z xizmat burchini bajarayotgan shaxslar boshqa fuqarolarni haqorat qilsa, bu dastlab ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Ushbu holat ijtimoiy adolat nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqilishi va mazkur kichik bandni chiqarib tashlash taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi 2020-yilnng yanvar oyida OAV va blogerlarni qo‘llab-quvvatlovchi yangi jamoat fondi sifatida ish boshladi. Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva jamoat fondi vasiylik kengashiga rahbarlik qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют