» » Navoiyda bir ayolning uyidan 19 mln so‘m qiymatdagi pul va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Navoiyda bir ayolning uyidan 19 mln so‘m qiymatdagi pul va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi


Navoiy viloyati Karmana tumanida 2019-yilning dekabr oyida bir ayolning uyidan umumiy qiymati 19 million so‘m bo‘lgan pul va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning 28-dekabr kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs 45 yoshli ayol Z.M.ning Karmana tumanida joylashgan uyi darvozasining qulfini buzib, uyga kirgan. Mazkur shaxs uyning yotoqxonasida bo‘lgan 9,8 million so‘m naqd pullarni va qiymati 9,2 million so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ushbu holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘g‘rilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni Qiziltepa tumanida yashovchi, 29 yoshli G‘.R. sodir etganligi aniqlangan.

G‘.R. gumon qilinuvchi tariqasida mazkur ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Buxoroda ikki erkak bir ayolni “biznes qilamiz” deb 13,8 million so‘mga aldab ketgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют