» » Uzbekistan Airways Janubiy Koreyadan fuqarolarni qaytarish evakuatsiya bo‘lmaganini tasdiqladi

Uzbekistan Airways Janubiy Koreyadan fuqarolarni qaytarish evakuatsiya bo‘lmaganini tasdiqladi


2020-yilning 1-mart kuni kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:40 da bir guruh o‘zbekistonliklar Seuldan Toshkentga samolyotda uchib kelgan. Shundan keyin O‘zbekiston tomonidan Yaponiya, Italiya, Afg‘oniston va Eron kabi qator davlatlarga aviaqatnovlar cheklangani ma’lum bo‘lgandi.

Keyinchalik Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreyadan aviaqatnovlar soni haftasiga 1 ta reysgacha qisqargani, O‘zbekistonga keluvchi yo‘lovchilar uchib kelishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘lib turishini e’lon qildi.

Tegishli vazirliklar tomonidan evakuatsiya deya baholangan bu reys yuzasidan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati “Kun.uz” nashriga ma’lumot berdi:

“1-mart kuni Uzbekistan Airways’ning HY513/514 reysi amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining qaroriga binoan Toshkent—Seul—Toshkent yo‘nalishiga 2 ta, Janubiy Koreya respublikasining aviakompaniyalari Korean Air, Asiana Airlines hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi haftasiga har biri bittadan muntazam reys amalga oshirishiga ruxsat berilgan. Evakuatsiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yo‘riqnomasi asosida amalga oshirilishi kerak”.

“Charter qatnovlari bu maxsus buyurtma asosida yo‘lovchilarni tashish maqsadida tashkil etiladigan reyslardir. Charter qatnovlari buyurtmachisi – davlat tashkilotlari, turistik firmalar va har xil turdagi tijorat tashkilotlari bo‘lishi mumkin. Ushbu qatnovlarda, buyurtmachi havo kemasining barcha xarajatlarini (aeroportdagi barcha to‘lovlar, keytering, yoqilg‘i, ekipaj to‘lovlari, mehmonxona va boshqalar) to‘liq qoplab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan bir qatorda charter qatnovlariga chiptalar bahosini buyurtmachi o‘z xohishidan kelib chiqib o‘rnatadi. Chiptalar buyurtmachi taqdim etgan ro‘yxat asosida yoziladi.

Bugungi kunda, mart oyida Janubiy Koreya respublikasiga charter qatnovlarini tashkil etish to‘g‘risida Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga buyurtmalar tushmagan. Mart oyi davomida reyslarga chipta olgan yo‘lovchilar chipta uchun ketkazilgan moddiy xarajatlarini, chiptalarni qayerdan xarid qilib olgan bo‘lsalar murojaat orqali qaytarib olishlari mumkin”, – deya berilgan savollarga javob bergan Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Avval Toshkentga uchib kelgan Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar 14 kunlik karantinga joylashtirilishi xabar qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют