» » Maykl Blumberg AQSh prezidentligi uchun kurashdan voz kechdi va Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Maykl Blumberg AQSh prezidentligi uchun kurashdan voz kechdi va Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi


Nyu-York shahrining sobiq meri, milliarder Maykl Blumberg AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqqanini hamda Demokratlar partiyasining boshqa nomzodi — Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

“Men har doim Donald Tramp ustidan g‘alaba bu vazifani hammadan yaxshiroq uddalay oladigan nomzod atrofida birlashishdan boshlanishiga ishonganman. Kechagi ovoz berishdan keyin aniq bo‘ldiki, bu nomzod — mening do‘stim va buyuk amerikalik Jo Bayden”, — deb ma’lum qilgan Maykl Blumberg.

Donald Tramp o‘z raqibining bayonotiga munosabat bildirgan. Unga ko‘ra, agar Maykl Blumberg prezidentlik poygasida qatnashmaganida, bir milliard dollar tejab qolgan bo‘lar edi. “Endi u o‘z yuzini saqlab qolish umidida Joning kampaniyasiga pul tikadi. Bu ish bermaydi”, — deb yozgan Tramp Twitter’da.

Blumberg prezidentlik poygasidan chiqish haqida AQShning 14 ta shtatida demokratlar uchun 3-mart kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishlardan keyin ma’lum qilgan. 10 ta shtatda Jo Bayden g‘alaba qilgan. O‘z reklama kampaniyasiga taxminan 500 million dollar sarflagan Blumberg deyarli hech qaysi shtatda hatto uchinchi o‘rinni ham egallay olmagan.

Avvalroq, Maykl Blumberg bo‘yi pastligi uchun uning ustidan kulgan Donald Trampga javob qaytargan edi.

Mavzuga doir: Amerikaliklarning qariyb yarmidan ko‘pi Tramp 2020-yilgi saylovlarda g‘olib bo‘lishiga ishonadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют