» » Koronavirusning yangi turga evolyutsiyalashgani ma’lum qilindi

Koronavirusning yangi turga evolyutsiyalashgani ma’lum qilindi


Pekin universiteti olimlari COVID-19 infeksiyasini keltirib chiqaradigan koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalish jarayonida evolyutsion o‘zgarishlarga uchraganini ma’lum qildi. Tadqiqotchilar bu haqda National Science Review jurnalida chop etgan maqolada bayon etgan.

Mutaxassislar avvaliga infeksiyaning SARS-CoV-2 va boshqa koronaviruslar bilan molekulyar divergensiyasini tahlil qilgan. Garchi COVID-19 va SARS-CoV-2 genomlaridagi tafovut 4 foizni tashkil qilsa ham neytral mutatsiyalar bo‘yicha farq 17 foizga yetgan. Bu ikki virusning avval taxmin qilinganidan ham bir-biriga o‘xshash emasligini anglatadi. Olimlar genlarni turli funksional qismlarga ajratish vaqtida zararlanish bilan bog‘liq holatlar mutatsiyalar va tabiiy tanlanish oqibatida kuzatilgan va ular SARS-CoV-2’ga ta’sir o‘tkazishda davom etadi.

Tadqiqotchilar SARS-CoV-2’ning 103 ta genomini tadqiq qildi va ushbu virusning ikki asosiy tip L va S evolyutsiyasi oqibatida paydo bo‘lganini aniqladi. L tipi S ga qaraganda ko‘proq uchraydi va barcha viruslarning 70 foizi unga to‘g‘ri keladi. S tipi ham L tipidan kelib chiqqan va Uxanda tarqalgan kasallikning dastlabki bosqichlarida keng tarqalgan, 2020-yil yanvariga kelib L tipi keskin kamaya boshlagan. Kasallik profilaktikasi – odamlarning ta’siri virusga qarshi kurashda samara berdi, natijada koronavirusning tajovuzkorligi yo‘qoldi va mamlakat bo‘ylab tarqalish tezligi pasaydi.

Boshqa tomondan olib qaraganda S tipi evolyutsion jihatdan sherigidan ancha katta va u qadar tajovuzkor emas, virusning ushbu turi zaif selektiv bosim tufayli u qadar ko‘p tarqalmagan. Olimlar tadqiqotni davom ettirish uchun genom va epidemilogik ma’lumotlarni to‘plash, shuningdek COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning klinik simptomlarini o‘rganish zarurligini alohida ta’kidlagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют