» » AQShning Vashington shtatida koronavirusdan vafot etganlar soni ko‘paydi

AQShning Vashington shtatida koronavirusdan vafot etganlar soni ko‘paydi


AQShning Vashington shtatida COVID-19 koronavirusi keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligidan vafot etganlar soni ko‘paydi. Bu haqda The Hill nashri xabar tarqatgan.

Nashrning qayd etishicha, shtatda kasallikdan o‘lganlar soni 10 nafarga yetgan. Vafot qilganlarning ko‘p qismi sog‘lig‘i zaif va keksa kishilar bo‘lgani qayd etilmoqda.

2020-yil 4-mart holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya bilan kasallangan bemorlar soni 128 nafarga yetgan. Ularning asosiy qismi Vashington va Kaliforniya shtatida qayd etilgan.

1-martda Vashington shtati gubernatori Jey Insli koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan birinchi bemor vafotidan keyin hududda favqulodda holat e’lon qilgan. U fuqarolarni gigiyena qoidalariga amal qilishga, xususan qo‘llarni tez-tez yuvish, yon atrofdagi ko‘p foydalaniladigan buyumlarni dezinfeksiya qilishni tavsiya etgandi.

Mavzuga doir: 

2020-yil 4-mart holatiga ko‘ra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan 94,2 mingdan ziyod odam kasallangan. Pnevmoniya sabab vafot etganlar soni 3,2 ming nafarni, kasallikdan tuzalganlar soni esa 51 ming nafarni tashkil qiladi. Koronavirus bilan kasallanish holatlari Xitoydan tashqari dunyoning qariyb 70 ta mamlakatida kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют