» » Italiyada COVID-19 koronavirusi oqibatida o‘lganlar soni 100 nafardan oshdi

Italiyada COVID-19 koronavirusi oqibatida o‘lganlar soni 100 nafardan oshdi


Italiyada COVID-19 koronavirusi oqibatida paydo bo‘ladigan pnevmoniya kasalligi tufayli vafot etganlar soni 107 nafarga yetdi, koronavirusni yuqtirib olgan odamlar soni esa 3089 nafarni tashkil etadi. Bu haqda Italiya fuqaro muhofazasi xizmati rahbari Anjelo Borrelliga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinishlar soni bo‘yicha hali ham Lombardiya (1820 nafar odamda kasallik kuzatilgan, oxirgi bir sutka ichida 300 ta yangi holat qayd etilgan) yetakchilik qilmoqda, Emiliya-Romanya viloyati 2-o‘rinda (jami 544 ta holat va oxirgi bir sutka davomida 124 ta holat kuzatilgan) va Veneto 3-pog‘onada (jami 360 ta holat, oxirgi bir sutka ichida 53 nafar yangi odam koronavirusga yo‘liqqan).

Kasallikni yuqtirib olish holati mamlakatdagi 20 ta viloyatda qayd etilgan. Borelli ma’ruzasi vaqtida masalaning ijobiy tomoniga ham e’tibor qaratdi va italiyalik shifokorlarning 276 nafarning sog‘ayishiga ulush qo‘shganini qayd etdi.

Epidemiya tarqalgani tufayli Italiyada barcha ta’lim muassasalari 15-martga qadar yopib qo‘yilgan.

Mavzuga doir: 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya Janubiy Koreya hamda Eron bilan birgalikda epidemiya o‘ta xavfli tarzda tarqalayotgan mamlakatlardan biri bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют