» » Davlat ulushi bo‘lgan banklarni xususiylashtirish jarayoni haqida ma’lumot berildi

Davlat ulushi bo‘lgan banklarni xususiylashtirish jarayoni haqida ma’lumot berildi


Moliya vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmedov bu borada Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilayotganini ta’kidlagan. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

“Davlat ulushi bo‘lgan banklarning hammasi birdaniga xususiylashtiriladi, deb aytolmaymiz. Bu juda murakkab, vaqt talab qiladigan masala. Hozircha “Sanoat qurilish” bankka o‘xshagan yirik-yirik banklar haqida gapirishimiz mumkin. “Sanoat qurilish” bank (o‘tgan yili) London fond birjasida obligatsiyalarini chiqardi.

Ayni paytda “Ipoteka” bank faoliyatini isloh qilish harakatidamiz. Boshqa banklar bo‘yicha ham ishlar olib borilyapti. Yil oxiriga borib, investorlarni jalb qilishni boshlaymiz.

Vaqt o‘tishi bilan bu jarayonlar tezlashadi, deb o‘ylaymiz. Yaqin yillarda davlat ulushi bo‘lgan banklar to‘liq xususiylashtirilishi ustida ish olib borilmoqda”, – dedi Shorahmedov 4-mart kuni Xalqaro press-klubda.

2019-yili Moliya vazirligiga davlat ulushi yuqori bo‘lgan banklarni isloh qilish, ularga xorijiy investorlarni jalb qilish va xalqaro bozorga chiqarish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan edi.

“Shuning uchun vazirligimizda maxsus boshqarma (Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi) tashkil etilgan hamda ushbu masala vazir o‘rinbosarining funksiyalariga kiritilgan”, – degan vazir o‘rinbosari.

O‘zbekistonda strategik ahamiyatga ega korxonalardan tashqari, davlat ulushi mavjud barcha korxonalar bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi e’lon qilingan.

2020-yildan boshlab mamlakat banklarida keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. 2020-yilda “Milliy” bank va “Ipoteka” bank ham o‘z yevrobondlarini chiqaradi.

Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘liq xususiy sektorga sotilishi taklif etilayotgan banklar quyidagilar:

To‘rtta bankda davlat aksiya paketi to‘liq saqlanib qolishi kutilmoqda:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют