» » Twitter koronavirus bilan bog‘liq reklamalarni taqiqladi

Twitter koronavirus bilan bog‘liq reklamalarni taqiqladi


Twitter ijtimoiy tarmog‘i koronavirus bilan bog‘liq reklamalardan daromad olishga urinishlarga qarshi kurashishini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kommersant”.

Ijtimoiy tarmoqning bayonotiga ko‘ra, reklama beruvchilarning koronavirus bilan bog‘liq har qanday reklamasi bloklanadi. Sog‘liqni saqlash bo‘yicha ma’lumot tarqatadigan davlat muassasalariga koronavirus bo‘yicha xabarlarni e’lon qilishga ruxsat beriladi.

Avvalroq, koronavirusni davolash yoki oldini olish haqidagi ma’lumot bo‘lgan hamda vahimaning oshishiga sabab bo‘ladigan reklamalarni bloklashi, shuningdek, virus haqidagi soxta xabarlarni o‘chirishi haqida ma’lum qilgan. 4-mart kuni Facebook Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga hamda sog‘liqni saqlash vazirliklariga koronavirus haqidagi xabarlar uchun bepul reklama maydonlarini taqdim etganini e’lon qildi.

Mavzuga doir: Jahon banki koronavirusga qarshi kurashish uchun 12 mlrd dollar ajratadi

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining xabar berishicha, mamlakatda yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlarning qariyb 50 ming nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka davomida mamlakatda virus oqibatida vafot etish bo‘yicha 38 holat qayd etilib, 119 kishi kasallikka chalingan. Shu bilan birga 2652 nafar bemorga shifoxonadan javob berilgan. Xitoy hududida koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 80 270 kishiga yetdi. Vafot etganlar soni 2981 kishini tashkil etmoqda.

Mavzuga doir:“Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusni yengmoqda, dunyoda vaziyat qanday? Koronavirus bo‘yicha 4-martning asosiy xabarlari

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 870 kishiga yetgan bo‘lib, 3110 kishi virus oqibatida vafot etgan. Janubiy Koreyada 516 ta yangi holat qayd etilib, 5328 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, vafot etganlar soni 32 kishini tashkil etmoqda. Italiyada ushbu ko‘rsatkich tegishli ravishda 2502 va 79 nafarga teng. Eronda esa 2,9 ming kishida virus aniqlangan bo‘lib, 92 kishi vafot etgan. 552 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Diamond Princess sayohat kemasini qo‘shib hisoblaganda Yaponiyada 1000 kishida koronavirus aniqlangan, vafot etganlar soni 12 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют