» » Lokomotiv songgi orinda, ammo imkoniyati bor. Bunyodkorda hammasi tamom boldi

Lokomotiv songgi orinda, ammo imkoniyati bor. Bunyodkorda hammasi tamom boldi


Osiyo Chempionlar ligasida Ozbekiston sharafini himoya qilayotgan Lokomotiv va Bunyodkor klublari 4-turda zafar qucha olmadi.

Temiryolchilar oz maydonida Istiqlol bilan durang oynadi. Galaba asosiy vaqt yakuniga uch daqiqa qolganida qoldan chiqarildi.

4-turdan keyin Lokomotiv 4 ochko bilan songgi orinni egallab turibdi. Uning kabi 4 ochkosi bor bolgan debyutant At-Taavun oz maydonida Lokomotivdan ustun kelgandi 1:0.

Navbatdagi ikki turning birida Lokomotiv oz uyida At-Taavunni qabul qiladi, shuningdek, guruh peshqadami bolgan Al-Ahli uyiga safar etadi. Tomonlarning Toshkentdagi oyinida Mirko Yelichich jamoasi 2:0 hisobida zafar quchgandi.

Malumot uchun, Lokomotiv Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasiga 2016-yilgi mavsumda erishgan bolib, chorak finalga qadar yetib borgandi. Server Jeparov, Sanjar Shoahmedov, Temurxoja Abduxoliqovning jamoadan ketishi esa otgan mavsum guruh bosqichini maglubiyatsiz otkazgan klubni bu yil qiyin ahvolda qoldirdi.

Bunyodkorda esa guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunlash anana tusiga kirdi. Chunki qatorasiga uchinchi bor klub undan ota olmadi. Uch safar ham jamoa maydonga Sergey Lushchan boshqaruvida chiqib keldi.

Avvalgi intervyularida Lushchan klub rahbariyati haydab yubormagunicha ishlayverishini va istefo bermasligini aytib otgandi.

Malumot uchun, Sergey Lushchanga qadar Bunyodkor ketma-ket yetti yil davomida Chempionlar ligasining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlay olgandi.

: admin (12-04-2017, 11:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
:
-
:
20 ... -