» » Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 3 ming kishidan oshib ketdi

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 3 ming kishidan oshib ketdi


Xitoyda 4-mart holatiga ko‘ra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida 31 kishi vafot etdi. Mamlakat hududida ushbu kasallik bilan vafot etganlarning jami soni 3 mingdan oshib ketdi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

O‘tgan bir sutka davomida Xitoyda koronavirus 31 kishining umriga zomin bo‘lgan. Shuningdek, yana 139 kishida virus aniqlangan, 2189 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lib, ularga shifoxonadan javob berib yuborilgan.

Shunday qilib koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan bemorlarning jami soni 52 045 kishiga yetdi. Mamlakat bo‘ylab 669 mingdan ortiq odam tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Hozirgi vaqtga kelib Xitoy hududida 80 409 kishi kasallikni o‘ziga yuqtirib olgan bo‘lib, vafot etganlar soni Xitoyda 3012 kishini tashkil etmoqda.

Xitoy hukumati 2019-yil 31-dekabrda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Xubey provinsiyasining Uxan shahrida noma’lum turdagi respirator virus tarqalgani haqida ogohlantirgan. Mutaxassislar ushbu infeksiyaning koronavirus ta’sirida vujudga kelayotganini aniqlagan. JSST epidemiya sabab koronavirus tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb topgan va virusga COVID-19 rasmiy nomini bergan.

Mavzuga doir: Tojikistonda koronavirus epidemiyasi xavfi tufayli masjidlar jamoat namozlarini o‘qish uchun vaqtincha yopib qo‘yildi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus oqibatida Italiyada vafot etganlar soni 100 nafardan oshgan, Ispaniyada esa virusni yuqtirib olganlar soni 200 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют