» » Germaniyaning Lufthansa kompaniyasi koronavirus sabab 150 ta samolyotni ekspluatatsiyadan chiqarmoqchi

Germaniyaning Lufthansa kompaniyasi koronavirus sabab 150 ta samolyotni ekspluatatsiyadan chiqarmoqchi


Germaniyaning Lufthansa kompaniyasi COVID-2019 koronavirus infeksiyasi tufayli 150 ta samolyotni ekspluatatsiyadan chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters’ga tayanib “RBK” xabar bermoqda.

“Biz favqulodda vaziyatlarni hisobga olgan holda rejalarimizni izchillik bilan o‘zgartirmoqdamiz”, — degan kompaniya vakili.

Austrian Airlines, SWISS va Brussels Airlines’ni ham o‘z ichiga olgan Lufthansa Group aviaparkida umumiy hisobda 770 ta samolyot bor.

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta Lufthansa koronavirus epidemiyasi fonida qisqa va o‘rta masofadagi parvozlarni to‘rt baravar (25 foiz) qisqartirishini e’lon qilgan. Kompaniya bu davrning qancha davom etishi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatnining kelgusidagi rivojlanishi bilan bog‘liqligini ta’kidlagan.

Shuningdek, uzoq parvozlar uchun mo‘ljallangan vaqtincha foydalanilmaydigan samolyotlar soni 13 tadan 23 tagacha ko‘payishi ma’lum qilingan. Xodimlarning ish vaqtini qisqartirish imkoniyati koronavirusga qarshi choralardan biri sifatida ko‘rib chiqilayotgani ham ta’kidlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 870 kishiga yetgan bo‘lib, 3110 kishi virus oqibatida vafot etgan. Janubiy Koreyada 516 ta yangi holat qayd etilib, 5328 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, vafot etganlar soni 32 kishini tashkil etmoqda. Italiyada ushbu ko‘rsatkich tegishli ravishda 2502 va 79 nafarga teng. Eronda esa 2,9 ming kishida virus aniqlangan bo‘lib, 92 kishi vafot etgan. 552 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Diamond Princess sayohat kemasini qo‘shib hisoblaganda Yaponiyada 1000 kishida koronavirus aniqlangan, vafot etganlar soni 12 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют