» » Janubiy Koreyada koronavirus qurbonlari soni 35 kishiga yetdi

Janubiy Koreyada koronavirus qurbonlari soni 35 kishiga yetdi


Janubiy Koreyada o‘tgan sutka ichida COVID-2019 koronavirusi bilan kasallanishning 438 ta yangi holati qayd etildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Shunday qilib,  mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 5766 nafarga yetdi, vafot etganlar soni esa 35 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 2931 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada epidemiologiya xavfi to‘rtinchi — “qizil” darajaga ko‘tarilgan, koronavirus tarqalish xavfi yuzasidan mamlakatda safarbarlik e’lon qilingan. Tegu shahrida virus bilan kasallangan 61 yoshli ayol Sinchxonji diniy tashkilotiga kelib, o‘zi bilmagan holda minglab odamlarga virusni yuqtirgan edi. Shu sababli Janubiy Koreyani jahondagi uchinchi eng yirik koronavirus o‘chog‘iga aylantirgan ushbu tashkilotni yopish talab qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют