» » Singapurda Turkiyadan uchib kelgan fuqaroda koronavirus aniqlandi

Singapurda Turkiyadan uchib kelgan fuqaroda koronavirus aniqlandi


Singapur hukumati 3-mart kuni Turkish Airlines’ning TK54 reysi bilan Istanbuldan uchib kelgan yo‘lovchilardan birida koronavirus aniqlanganini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat transport vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bemor bilan aloqada bo‘lgan boshqa yo‘lovchilar ham nazoratga olingan.

Hozirga qadar Turkiyada koronavirus aniqlanmadi. Singapurda esa 100 dan ortiq kishi virusni yuqtirib olgan.

“Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi 4-mart kuni kechqurun Turkiyadan uchib kelgan yo‘lovchida COVID-19 koronavirusi aniqlanganini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 4-mart kuni Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan TK55 reysi belgilangan vaqtda parvozni amalga oshirmagan.

Singapur transport vazirligi, fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi va aeroport hukumati aviakompaniya va yo‘lovchilar bilan doimiy aloqada ekanligi aytilmoqda.

Xitoyda 4-mart holatiga ko‘ra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida 31 kishi vafot etdi. Mamlakat hududida ushbu kasallik bilan vafot etganlarning jami soni 3 mingdan oshib ketdi.

Avvalroq Vengriya, Latviya, Marokash, Avstraliya, Armaniston va Rossiyada koronavirusga chalinishning ilk holatlari qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют