» » Qoraqalpog‘iston adliya vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston adliya vaziri tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan Saylauboy Mambetqodirov Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

“Adliya yangiliklari” Telegram kanalining yozishicha, Saylauboy Mambetqodirov 1980-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2002-yilda Qoraqalpoq Davlat universitetini, 2004-yilda Qoraqalpoq Davlat universitetini magistratura bo‘limini, 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2001-yilda Mo‘ynoq tuman markaziy kasalxonasining huquqiy maslahatchisi lavozimidan boshlab, 2004—2008-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

Mambetqodirov 2018-yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют