» » Saudiya Arabistoni o‘z fuqarolariga ham Umra ziyoratini taqiqlab qo‘ydi

Saudiya Arabistoni o‘z fuqarolariga ham Umra ziyoratini taqiqlab qo‘ydi


Saudiya Arabistoni podshohligi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat fuqarolari va doimiy istiqomat qiluvchi xorijliklarga (rezidentlarga) ham Umra amalini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda hukumatga qarashli rasmiy Saudiya axborot agentligi xabar berdi.

Hukumatning bu taqiqi koronavirusning tarqalishiga va ikki Haram hududiga (Makkadagi Masjidul-Harom va Madinadagi Masjidun-Nabaviyga) yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun joriy etilgan. Chunki bu joylar doimo odam bilan gavjum bo‘lgani kasallik tarqalishi uchun sabab bo‘lishi mumkin.

Qarorda aytilishicha, koronavirus bilan bog‘liq holat ijobiy tomonga o‘zgarsagina bu taqiq bekor qilinadi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Umra va sayohat vizalarini berishni vaqtinchalik to‘xtatgan, shuningdek, koronavirus tarqalgan davlatlarda shu paytgacha bu vizalarni rasmiylashtirib bo‘lganlarga ham chegaralarni yopib, safar qilmay kutib turishni tavsiya etgan edi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, 3-mart kuni Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlangan edi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni koronavirus sababli Umra ziyoratchilarining mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют