» » Tramp koronavirusga qarshi kurashda AQSh Eronga yordam berishga tayyorligini bildirdi

Tramp koronavirusga qarshi kurashda AQSh Eronga yordam berishga tayyorligini bildirdi


AQSh agar Eronga taklifni qabul qilsa, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda yordam berishga tayyorligini bildirdi. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda Donald Tramp 4-mart kuni namoyish etilgan Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Unda Tramp AQSh koronavirusga qarshi kurashishni juda yaxshi eplashini, bu borada yaxshi jamoa tuzilgani, vitse-prezident Mayk Pens o‘z ishini yaxshi bajarayotganini aytgan. “Men uni bu jamoaga bosh qilib qo‘ydim. Bizda dunyodagi eng yaxshi shifokorlar bor”, — degan Tramp.

Shuningdek, AQSh koronavirusga qarshi kurashishda boshqa ko‘plab davlatlarga yordam berayotganini ta’kidlagan. Agar Eron rozi bo‘lsa, ularga ham yordam berishini bildirib, “Ular juda jiddiy jabrlandi”, deb aytgan.

AQSh avval ham koronavirusga qarshi kurashda Eron hukumatiga yordam taklif qilgan, Tehron esa Vashingtonning bu yordamini rad etib, uni targ‘ibot ishi deb hisoblagandi. Shundan so‘ng Eron epidemiyaga qarshi kurashda Rossiyadan yordam so‘radi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 2300 kishidan oshdi. Virus sababli Eronning barcha viloyatlardagi ma’muriy markazlarida juma namozlari rasman bekor qilindi.

Avvalroq O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasini yuborgani, Xitoy esa koronavirusga qarshi kurashishda Janubiy Koreyaga gumanitar yordam yubormoqchi ekanligi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют