» » Xitoyda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinligi taxmin qilindi

Xitoyda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinligi taxmin qilindi


Xitoy hukumati tomonidan COVID-19 koronavirusiga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘z natijasini bermoqda: yangi bemorlar sonida pasayish kuzatilgan, ishlab chiqarish va kundalik faollik asta-sekin qayta tiklanyapti. Biroq bu mamlakatda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Gonkong universitetining epidemiologiya va biostatistika kafedrasi rahbari Ben Koulingga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Xitoy hukumati 20-yanvardan so‘ng yangi turdagi koronavirusning tarqalishiga qarshi qator kompleks choralarni ko‘ra boshladi va bu rostdan ham o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Shunga qaramay, ish va o‘qishni qayta boshlash, normal transport aloqalarini tiklash, karantin cheklovlarini olib tashlash nafaqat ijobiy kayfiyatni, balki aholi uchun ma’lum xavflarni ham keltirib chiqaradi.

“Xitoy mart oyining boshida o‘z hududida birinchi to‘lqinni ushlab qoldi. Ular normal faoliyatini qayta tiklaganida ikkinchi to‘lqin yuzaga kelishidan xavotirdaman”, — deydi Kouling.

Koronavirusga qarshi kurashning ijobiy dinamikasi fonida Xitoy hukumati butun mamlakat bo‘ylab epidemiyaga qarshi qat’iy choralarni amalga oshirmoqda.

Agentlik suhbatdoshi xavf ortda qolgani haqida gapirishga hali erta ekanligini, hozircha virusning yuqishi yoki uning jiddiyligiga oid xarakteristikasi o‘zgargani haqida biror-bir dalil yo‘qligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hududida 80 409 kishi kasallikni yuqtirib olgan bo‘lib, vafot etganlar soni Xitoyda 3012 kishini tashkil etmoqda. O‘zbekistonda esa koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют