» » Namangan shahar hokimi Ekologiya davlat qo‘mitasiga rais bo‘ldi

Namangan shahar hokimi Ekologiya davlat qo‘mitasiga rais bo‘ldi


Shavkat Abdurazzoqovni O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlash haqida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilindi.

Deputat Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, bu masala 5-mart kuni palataning yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.

Shavkat Abdurazzoqov 1976-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Namangan sanoat-texnologiya instituti hamda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U 2015—2017-yillarda Namangan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan, fevral oyida Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri etib tayinlangan. 2017-yilning iyul oyidan buyon Namangan shahari hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют