» » Uzbekistan Airways Seuldan charter reysni amalga oshiradi. Aeroportda yo‘lovchilarni kutib olmaslik so‘ralmoqda

Uzbekistan Airways Seuldan charter reysni amalga oshiradi. Aeroportda yo‘lovchilarni kutib olmaslik so‘ralmoqda


Uzbekistan Airways 8-mart kuni Seul shahriga charter reysni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Barcha savollar, shuningdek, chipta sotib olish masalasida O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasiga va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining vakolatxonasiga murojaat qilish mumkin.

Qayd etilishicha, ushbu qatnov Janubiy Koreya hududida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning kuchayishi tufayli amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda barcha reyslarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Har bir havo kemasida zamonaviy diagnostika va shaxsiy himoya vositalari, zarur bo‘lgan tibbiy preparatlar hamda virusologiya sohasidagi sog‘liqni saqlash xodimlari va mutaxassislari mavjud.

“Bu qatnovning yo‘lovchilari vaqtinchalik joylashtirish punktiga yuboriladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar aeroportida yo‘lovchilarni kutib olmasligingizni so‘raymiz. Kelish vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni vaqtincha to‘xtatadi

Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo‘yicha SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga +999 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

1-mart kuni kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:40 da bir guruh o‘zbekistonliklar Seuldan Toshkentga samolyotda uchib kelgandi. Uzbekistan Airways Janubiy Koreyadan fuqarolarni qaytarish evakuatsiya bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют