» » O‘zbekistonda quruq portlar tashkil etiladi

O‘zbekistonda quruq portlar tashkil etiladi


2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

Hujjat bilan bu boradagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Rejada O‘zbekistonda yuklarning avia va avtotashuvlariga ixtisoslashgan qo‘shma transport logistika kompaniyalarini va quruq portlarni tashkil etish va buning uchun dunyodagi yetakchi transport kompaniyalarini jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan Umumiy imtiyozlar plyus (GSP+) tizimi doirasida Yevropa ittifoqining imtiyozlarini olish masalasini o‘rganish ko‘zda tutilgan.

2020-yil 1-oktabrga qadar chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Dasturda O‘zbekistonni GSP+ foyda oluvchi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi hujjatlar to‘plamini Yevropa tomoni uchun tayyorlash va taqdim etish,  O‘zbekistonni GSP+ foyda oluvchi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha O‘zbekiston hukumatidan muvofiqlashtiruvchini tayinlash nazarda tutilgan.

Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga, 2030-yilda esa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish evaziga 23 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud. Qayd etish joiz, Jahon bankining logistika reytingida O‘zbekiston 163 ta davlat orasida 99-o‘rinda bo‘lib, xalqaro tashuvlarni amalga oshirishning soddaligi bo‘yicha 120-o‘rinda qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют