» » Toshkentda avtobus haydovchisining yo‘nalishli taksi bilan poyga o‘ynashi oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi

Toshkentda avtobus haydovchisining yo‘nalishli taksi bilan poyga o‘ynashi oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi


Toshkentda avtobus haydovchisining yo‘lovchi tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘nalishli taksi bilan poyga o‘ynashi oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi.

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 21-fevral, juma kuni, sodir bo‘lgan. 12-avtobus saroyi tasarrufidagi 130-yo‘nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi M.U. yo‘nalishli taksi transport vositasi bilan poyga o‘ynagan. Haydovchining avtobusni to‘xtatishdagi keskin harakati natijasida yo‘lovchi R.K. yiqilib, jarohatlangan.

Avtobus haydovchisi yo‘lovchi olib yurish tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun unga nisbatan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan bayonnoma tuzildi. Undan tashqari oylik maoshi hisobidan jarimaga ham tortilgan.

Bundan tashqari, 1-avtobus saroyi tasarrufidagi 15-yo‘nalishda chiptachi bo‘lib ishlovchi K.F. harakat vaqtida avtobus salonida tamaki mahsuloti iste’mol qilgani uchun oylik maoshidan jarima to‘laydigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют