» » Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi


Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini ko‘rib chiqib, bazaviy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan holda 16 foiz deb belgiladi. Ushbu qaror 5-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda qabul qilingan. Bu haqda “Spot” xabar berdi.

“Qarorga nazorat qilinadigan tariflarning liberalizatsiyasi va koronavirus tarqalishi kabi tashqi iqtisodiy noaniqliklar ta’sir ko‘rsatgan”, — deya ushbu vaziyatga izoh bergan Markaziy bank vakili.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, koronavirus epidemiyasining dunyoda tarqalgani ichki narxlarga vaqtinchalik, ya’ni qisqa davrda ta’sir ko‘rsatadi.

Avval Markaziy bank vakillari qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan.

So‘nggi yillarda Markaziy bank bu borada bir yil davomida to‘rt martalab yig‘ilish o‘tkazib kelgan, lekin 2020-yilda bu kabi muhokamalar sakkiz marta o‘tkazilishi belgilangan. Bu O‘zbekistonning inflyatsion targetlash yo‘liga o‘tayotgani bilan bog‘liq.

Markaziy bankning keyining yig‘ilish muhokamasi 23-aprelda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

So‘nggi marta qayta moliyalashtirish stavkasi 2018-yilda o‘zgargan, o‘shanda u 14 dan 16 foizga ko‘tarilgandi. Eng past stavka 2015-yil yanvar va 2017-yil may oylarida o‘rnatilgan — 9 foiz. Eng yuqori ko‘rsatkich 1995-yilda belgilangan — 300 foiz.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют