» » “Gazprom” va O‘zbekiston o‘rtasidagi 5 yillik shartnoma qiymati 2,5 mlrd dollar ekanligi ma’lum bo‘ldi

“Gazprom” va O‘zbekiston o‘rtasidagi 5 yillik shartnoma qiymati 2,5 mlrd dollar ekanligi ma’lum bo‘ldi


Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi O‘zbekistondan gaz sotib olish bo‘yicha imzolagan 5 yillik shartnomaning qiymati 2,5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda “Gazprom eksport” materiallariga tayanib, “Review.uz” xabar bermoqda. 

Shartnoma “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan tuzilgan. 

Mart oyi oxirida “Gazprom” rahbari Aleksey Miller ilk bor O‘zbekiston bilan tabiiy gaz xarid qilish bo‘yicha 5 yillik shartnomani imzolash haqida kelishib olinganini ma’lum qilgandi. 

Aprel boshida kompaniya O‘zbekiston bilan 2018-yildan boshlab har yili 4 milliard kubometr gaz xarid qilish bo‘yicha 5 yillik shartnoma tuzdi. 

Mazkur kelishuvga qadar «Gazprom» O‘zbekistondan gazni har yili yangidan tuziladigan shartnomalar asosida sotib olardi. Kompaniya O‘zbekistondan gaz sotib olishni 2003-yilda boshlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют