» » O‘tgan bir sutka ichida Xitoydan tashqarida 2,1 ming kishi koronavirus yuqtirib oldi

O‘tgan bir sutka ichida Xitoydan tashqarida 2,1 ming kishi koronavirus yuqtirib oldi


6-mart kuniga qadar Xitoyda koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan 53 726 kishiga shifoxonadan javob berildi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

O‘tgan bir sutka davomida Xitoyda koronavirusga chalingan 143 kishi qayd etilgan, kasallik oqibatida vafot etayotganlar soni esa 30 kishiga qadar kamaygan.

6-mart holatiga ko‘ra, Xitoyda 80 552 kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakat bo‘ylab kasallik oqibatida vafot etganlarning umumiy soni 3042 kishini tashkil etmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari dunyoning boshqa davlatlarida 2,1 ming kishida koronavirus aniqlangan. Kasallikni yuqtirib olganlarning jami soni esa 95,3 mingdan oshib ketdi.

Mavzuga doir: Koronavirus dunyo bo‘ylab do‘konlarni ship-shiydon qildi. Odamlar sanitayzerlar, hojatxona qog‘ozi va suli sutini bitta qoldirmay sotib olmoqda

Avvalroq Italiyada “koronavirus mahsulotlari” sotiladigan do‘kon kirdikorlari fosh qilingani, Buyuk Britaniyada esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 nafardan oshib ketgani haqida xabar berilgandi. Sankt-Peterburgda koronavirus sabab OTMning 700 nafardan ortiq talabasi karantinga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют