» » JSST koronavirus Xitoydan tashqari dunyoning 85 mamlakatida tarqalganini e’lon qildi

JSST koronavirus Xitoydan tashqari dunyoning 85 mamlakatida tarqalganini e’lon qildi


Xitoydan tashqarida yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganlar soni 14,7 ming kishidan oshib ketdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 5-mart kuni yana 2098 kishida koronavirus aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, koronavirus bilan kasallanish holati dunyoning 85 davlatida aniqlangan. O‘tgan bir sutka davomida Xitoydan tashqarida virus 53 kishining umriga zomin bo‘lgan. Koronavirus oqibatida Xitoydan boshqa davlatlarda vafot etganlarning jami soni 267 kishiga yetgan.

JSSTning ma’lumot qilishicha, dunyo bo‘ylab 95 333 kishida koronavirus aniqlangan, shularning 80 565 nafari — Xitoyda. Virus oqibatida Xitoyda vafot etganlar soni 3015 kishini tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: Video: Makkada koronavirus tufayli ziyoratchilarning Ka’ba atrofidagi maydonga o‘tishi vaqtincha cheklandi

6-martdan boshlab Moskvada koronavirus sabab yuqori shaylik rejimi joriy etildi. Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus aniqlangandan so‘ng, 85 kishi karantinga olingani, 24 kishi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandi. Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 nafardan oshib ketgan. Saudiya Arabistoni podshohligi esa koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat fuqarolari va doimiy istiqomat qiluvchi xorijliklarga (rezidentlarga) ham Umra amalini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan. O‘zbekistonda koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют