» » Italiyada koronavirus qurbonlari soni 148 kishiga yetdi

Italiyada koronavirus qurbonlari soni 148 kishiga yetdi


So‘nggi bir kun ichida Italiyada 2019-nCoV koronavirusi oqibatida 41 kishi vafot etib, mamlakatda kasallik qurbonlarining umumiy soni 148 kishiga yetdi. “RBK”ning ANSA agentligiga tayanib xabar berishicha, bu haqda fuqaro himoyasi xizmati rahbari Anjello Borelli ma’lum qilgan. Avvalroq 107 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

5-mart holatiga ko‘ra Italiyada umumiy hisobda 3 296 kishi kasallangan. Kasallanishning yana 590 ta yangi holati aniqlangan. Borellining so‘zlariga ko‘ra, kasallanganlarning yarmidan ko‘pi — 1 777 kishi mamlakat shimolidagi Lombardiyada joylashgan. Infeksiya yuqtirganlarning yana 658 nafari Emilli-Romanyeda, 380 nafari Venetoda joylashgan.

Mavzuga doir: Italiyada “koronavirus mahsulotlari” sotiladigan do‘kon kirdikorlari fosh qilindi

Shuningdek, infeksiyadan tuzalganlar soni ortayotgani ham ma’lum qilingan. 5-mart kuni tuzalganlar soni 414 kishiga yetgan. Bu undan avvalgi kunga nisbatan 138 kishiga ko‘pdir.

Epidemiya tarqalgani tufayli Italiyada barcha ta’lim muassasalari 15-martga qadar yopilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют