» » Olimjon Isayev Namangan shahri hokimi etib tayinlandi

Olimjon Isayev Namangan shahri hokimi etib tayinlandi


Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu paytgacha “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo‘lib ishlab kelgan Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi.

Olimjon Isayev 1972-yilda Namanganda tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Namangan davlat universitetini tamomlagan.

Namangan shahridagi “Ifoda agro kimyo himoya” korxonasi direktori, viloyat fermerlar kengashi raisi, “Mexmash” MChJ kuzatuv kengashi raisi vazifalarida ishlagan.

U 2018-yil may oyidan beri “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruviga raislik qilib kelayotgandi.

Sessiya ishida Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Umar Ismoilov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Namangan shahrining sobiq hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov kecha, 5-mart, kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют