» » Jizzaxda Peugeot-Citroen avtomobil zavodi loyihasi yopildi

Jizzaxda Peugeot-Citroen avtomobil zavodi loyihasi yopildi


Fransiya kompaniyasi mablag‘lari jalb etilmagani sababli Jizzaxda Peugeot-Citroen avtomobil zavodi loyihasi yopildi, deb xabar bermoqda Spot.

Avvalroq Volkswagen O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni boshlashi xabar berilgan edi. Ishlab chiqarish “Jizzax erkin iqtisodiy zonasi”da tashkillashtiriladi va dastlabki model Volkswagen Caddy bo‘ladi.

2017-yilda xuddi shu zonada Prezident qaroriga muvofiq Peugeot-Citroen avtomobil zavodini 1 yilda qurish va unda yiliga Peugeot Expert va Peugeot Boxer rusumidagi  16 000 ta yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyiha bo‘yicha umumiy investitsiya qariyb 130 million yevroga teng bo‘lgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, loyihani qayta ko‘rib chiqishga qaror qilingan, keyin esa investitsiya dasturidan butunlay yo‘q bo‘lgan.

Mavzuga doir: Fransiyaning Peugeot Citroen kompaniyasi O‘zbekistonda zavod qurish fikridan qaytdimi?  

2020-yilning  yanvarida “O‘zavtosanoat” va Fransiyaning Peugeot Citroen Automobiles S.A kompaniyasi o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani ma’lum qilingan.

Mavzuga doir: “O‘zavtosanoat” Jizzaxda Peugeot avtomobil zavodi qurilishi nega to‘xtab qolgani haqida: “Muammo — fransuzlarda!”

“O‘zavtosanoat” matbuot xizmatida ta’kidlanishicha, “Folksvagen Grup Rus” kompaniyasi bilan loyihaga ajratilgan ishlab chiqarish obyektlari “O‘zavtosanoat” mablag‘lari hisobiga qurilgan.

Peugeot-Citroen zavodini qurish uchun fransiyaliklar mablag‘ ajratmagan va loyiha yopilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют