» » Turoperatorlar koronavirus tufayli O‘zbekistonda soliq ta’tili e’lon qilishni taklif qildi 

Turoperatorlar koronavirus tufayli O‘zbekistonda soliq ta’tili e’lon qilishni taklif qildi 


4-mart kuni Vazirlar Mahkamasida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida O‘zbekistonga koronavirusning kirishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha komissiya a’zolari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari va turizm sohasi subyektlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmat xabar berdi.

Tadbir doirasida xususiy sektor vakillari ushbu masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Turoperatorlar dunyoda koronavirusning ta’siri ostida yo‘qotishli kelishi kutilayotgan mavsum uchun soliq ta’tilini e’lon qilish hamda avia va temiryo‘l transporti chiptalari bekor qilinganligi uchun jarimalarni bekor qilishga oid takliflarini bayon qildi.

Bundan tashqari, turoperatorlar vaqtincha bekor qilingan yo‘nalishlar tufayli bo‘sh turgan samolyotlarni koronavirusdan xoli bo‘lgan Turkiya, Qozog‘iston kabi davlatlarga hamda ichki aviaqatnovlarga yo‘naltirishni taklif qildi. Bunda ular ushbu parvozlarni Toshkent shahri bilan birga Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlari orqali ham amalga oshirish hamda Urganch va Buxoro shaharlarini kunlik aviaqatnovlar bilan bog‘lash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni so‘radi.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, mutasaddi tashkilotlar tomonidan koronavirusning turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilib, ularning hukumatga kiritilishi belgilandi.

Bunda ayni damda murakkab vaziyatga tushgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, tashqi ta’sir omilini pasaytirish maqsadida ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish, koronavirus qayd etilmagan davlatlardan sayyohlarni jalb qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘rish, respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak berish imkoniyatlarini o‘rganish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish ko‘zda tutiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют