» » Qarshida yo‘nalishli taksi haydovchilarining odam talashib boshlangan janjali pichoqlashish bilan yakunlandi

Qarshida yo‘nalishli taksi haydovchilarining odam talashib boshlangan janjali pichoqlashish bilan yakunlandi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yo‘nalishli taksi haydovchilari yo‘lovchi talashib janjallashdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

2-mart kuni taxminan soat 11:15 larda Qarshi shahridagi Eski shahar—Pistakent yo‘nalish avtoturargohida Damas haydovchisi 30 yoshli F.E. boshqa bir Damas rusumli avtomashina haydovchisi 22 yoshli N.Sh. bilan yo‘lovchi talashib, o‘zaro janjallashib qoladi.

F.E. N.Sh.ni haqorat qilib, yo‘lovchilarni o‘zining mashinasiga chiqarib, navbatsiz “Guliston” mahallasi tomon ketgan. Shundan so‘ng N.Sh. va uning tanishi 19 yoshli G.T. F.E.ning haqorat qilish sababini aniqlash maqsadida N.Sh.ning avtomashinasida F.E.ning orqasidan borib, “Guliston” mahallasidagi ko‘chalarning birida uchrashgan.

O‘zaro suhbat jarayonida F.E. fuqaro G.T. bilan o‘zaro janjallashib, yonidagi pichoq bilan G.T.ga jarohat yetkazgan. Natijada G.T. tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va F.E. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют